1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Test sinovlarida qancha abituriyent ishtirok etishi ma'lum qilindi

Shuningdek, abituriyentlarning ta’lim tili va shakllari bo'yicha taqsimoti haqida ham ma'lumot berildi

Test sinovlarida qancha abituriyent ishtirok etishi ma'lum qilindi

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2023/2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi.

 

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

 

  • o‘zbek tili  — 828 699 nafar;
  • rus tili  — 88 830 nafar;
  • qoraqalpoq tili  — 28 718 nafar;
  • boshqa tillar — 2 239 nafar.

 

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

 

  • kunduzgi ta’lim shakli — 545 616 nafar;
  • kechki ta’lim shakli — 22 867 nafar;
  • sirtqi ta’lim shakli — 373 169 nafar;
  • masofaviy ta’lim shakli — 6 834 nafar.

 

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

 

  • O‘zbekiston milliy universiteti — 33 721 nafar;
  • Toshkent davlat transport universiteti — 28 474 nafar;
  • Farg‘ona davlat universiteti — 28 188 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 26 827 nafar;
  • Qarshi davlat universiteti — 26 640 nafar.

 

Shuningdek, Qashqadaryo, Samarqand, Farg'ona, Toshkent hamda Surxondaryo viloyatlari eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha) bo'ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика