1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Texasdagi suv toshqinidan so‘ng infeksiyalar xavfi kuchaymoqda

Ekspertlar bakteriyalar, kimyoviy modda va chiqindilar aralashuvi oqibatida infeksiyalar tarqalishidan ogohlantirmoqda.

Texasdagi suv toshqinidan so‘ng infeksiyalar xavfi kuchaymoqda

Texas shtatida 4-iyul kuni sodir bo‘lgan kuchli suv toshqinidan so‘ng, ifloslangan suvlar sababli aholi salomatligiga jiddiy xavf tug‘ilmoqda. Bu haqda ABC telekanali mutaxassislarga tayanib xabar berdi deydi media.az nashri.

 

Ekspertlarning ta’kidlashicha, yog‘ingarchilikning o‘zi xavfli emas, biroq u kanalizatsiya, septik tizimlar va suv omborlarining to‘lib ketishiga sabab bo‘lgan. Natijada suvga turli zararli moddalar — bakteriyalar, kimyoviy birikmalar va chiqindilar aralashgan.

 

"Bu suvlar teri kasalliklaridan tortib, ichki infeksiyalar, hatto og‘ir sepsisga olib kelishi mumkin", — deya ogohlantiradi sog‘liqni saqlash mutaxassislari. Ayniqsa, qishloq hududlaridagi aholi uchun xavf yuqori — chorva najaslari bilan aralashgan suv bakteriyalar ko‘payishi uchun qulay muhit yaratgan.

 

Shuningdek, iflos suv oshqozon-ichak kasalliklariga ham sabab bo‘lishi mumkin. Ochiq yara yoki kesik orqali kirgan bakteriyalar og‘ir infeksiyalarni keltirib chiqaradi.

 

4-iyulda yuz bergan suv toshqinlari Texasning olti okrugiga zarar yetkazdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 120 kishi halok bo‘lgan, yana 172 kishi bedarak yo‘qolgan. Eng ko‘p zarar Kerr okrugida qayd etilgan — bu yerda kamida 95 kishi, jumladan 36 nafar bola halok bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика