Bu borada “Milliy tiklanish” partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan maʼrifiy faoliyatni tartibga solish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Yangi Qonun loyihasida ushbu faoliyatni tartibga solish mo‘ljallangan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritiladigan qo‘shimchalar bilan maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lmagan yoki faoliyat huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga javobgarlik belgilanmoqda.
Shuningdek, “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunda maʼrifiy faoliyat tushunchasi ochib berilib, bu faoliyatni amalga oshirish talablari ko‘rsatilmoqda. Maʼrifiy faoliyatni olib borish taqiqlangan shaxslar toifasi belgilab berilmoqda.
Muhokamalar davomida qonun loyihasi qabul qilindi.


