“103” tizimida eng ko‘p tez yordam mashinasi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keladi. Hozir bu hududda 316 ta maxsus tez tibbiy yordam avtomobili mavjud.
Undan keyingi o‘rinni 309 ta avtomobil bilan Farg‘ona viloyati band etgan.
Shuningdek, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida “Tez yordam” mashinalari soni 250 tadan, Toshkent shahri, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 200 tadan yuqori.
Taʼkidlash lozimki, hududlardagi tez tibbiy yordam mashinalari miqdori u yerdagi aholi soni va joylashuviga ko‘ra taqsimlangan.


