1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

TIFda salkam 27 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi

Forum 93 davlatdan 2,5 mingdan ortiq ishtirokchini jamladi.

TIFda salkam 27 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi

 

III Xalqaro investisiya forumi 93 davlatdan 2,5 mingdan ortiq ishtirokchini jamladi. Tadbir natijasida jami $26,6 milliardlik shartnomalar imzolandi. Taqqoslash uchun, 2022-yilda bu ko‘rsatkich $11 mlrdni tashkil etgandi, bu esa mamlakatga sarmoyaviy qiziqish ortganidan dalolat beradi.

 

Jumladan, “Yangi Toshkent”da shahar infratuzilmasini qurish ($1 mlrd), “ma’lumotlarni qayta ishlash markazi”ni yaratish ($3 mlrd), Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi va elektr energiyasini saqlash qurilmalarini qurish ($6,2 mlrd) va boshqalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 

Forum xalqaro OAVlarining e’tiborini tortdi va uni dunyoning 30 davlatidan 110 dan ortiq xorijiy nashrlar, jumladan, jahonning yetakchi OAVlari: “CNN”, “Euronews”, “London Post” va “Associated Press” yoritib bordi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика