1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tijorat banklarida dollar kursi 12 ming so‘mdan oshib ketdi

Markaziy bank rasmiy tushuntirish bilan chiqdi.

Tijorat banklarida dollar kursi 12 ming so‘mdan oshib ketdi

 

Asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi

 

Bu, o‘z navbatida, eksport va pul o‘tkazmalari tushumlari kanallari orqali mamlakatimizga valyuta tushumlariga va ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy taʼsir ko‘rsatdi.

 

Natijada, ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi surʼatining biroz tezlashishi – fundamental omillar taʼsirida to‘g‘rilanishi kuzatildi.

 

Markaziy bank kelgusida almashuv kursining keskin qadrsizlanishini oldini olish bo‘yicha yetarli instrumentlarga ega bo‘lib, zarur hollarda qo‘shimcha intervensiyalar amalga oshirish orqali tebranishlar yumshatib boriladi.

 

Mazkur to‘g‘rilanish real samarali almashuv kursning uzoq muddatli trendiga qaytishiga olib keladi va muvozanatli kurs valyuta tushumlarini oshirish orqali bozorda taklif o‘sishiga xizmat qiladi. Real samarali almashuv kursi yil oxirigacha va o‘rta muddatli istiqbolda nisbatan barqaror bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика