1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

TIV o‘rinbosari BAA va Eron elchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Unda bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlarning jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

TIV o‘rinbosari BAA va Eron elchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Birlashgan Arab Amirliklari va Eronning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchilari Said al-Qamziy hamda Hamid Nayrabodiy bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

 

Muzokaralarda O‘zbekistonning ushbu davlatlar bilan siyosiy muloqotini kengaytirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

Bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlarning jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика