1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

TIV Ozarbayjon — Armaniston chegarasidagi vaziyatga munosabat bildirdi

Kecha 13-sentabr kuni Ozarbayjon — Armaniston chegarasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Ozarbayjon tomon mazkur to‘qnashuv bo‘yicha Armaniston bergan maʼlumotlarni haqqoniy emas deya baholadi.

TIV Ozarbayjon — Armaniston chegarasidagi vaziyatga munosabat bildirdi

 

O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qiluvchi mamlakat sifatida Ozarbayjon — Armaniston chegarasida tinchlikka erishilgani va keskinlik bartaraf etilganini olqishlaydi.

 

«O‘zbekistonning ishonchi komilki, barcha masalalar va mavjud muammolarni hal qilishning yagona to‘g‘ri yo‘li bu xalqaro huquq asosida va ilgari erishilgan kelishuvlar doirasida tinchlik muzokaralari va maslahatlashuvlar yo‘lidir. Biz tinchlik shartlariga qatʼiy rioya qilinishi, har qanday sharoitda ham vazminlikning namoyon bo‘lishiga umid qilamiz hamda tomonlarni mavjud ahvolni barqarorlashtirish, vaziyatdan chiqish uchun siyosiy va diplomatik muzokaralar olib borishga daʼvat etamiz», — deyiladi bayonotda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика