1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"To‘g‘ri ishlayotgan biznes vakillari uchun barcha sharoitlarni qilib berishga tayyormiz" — Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari tadbirkorlarga alohida murojaat bilan chiqdi.

"To‘g‘ri ishlayotgan biznes vakillari uchun barcha sharoitlarni qilib berishga tayyormiz" — Shavkat Mirziyoyev

 

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazgan Prezident ularga alohida murojaat bilan chiqdi. Taʼkidlanishicha, so‘nggi yetti yildagi soliq islohotlari, tadbirkorlarga berilgan yengillik va imtiyozlar natijasida ularning ixtiyorida 120 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ qolgan.

 

"Xalqimizda ‘qars ikki qo‘ldan chiqadi‘, degan gap bor. Hozirgi kunda mamlakatimizda ‘xufiyona iqtisodiyot‘ning ulushi 40 foiz atrofida. Biz to‘g‘ri ishlayotgan, ish o‘rni yaratayotgan, ilg‘or texnologiyalar joriy qilib, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirayotgan, eksportini oshirayotgan biznes vakillari uchun barcha sharoitlarni qilib berishga tayyormiz.

 

Lekin soliqlardan qochib, o‘zining majburiyatlarini bajarmasdan kelayotgan qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlarga biz albatta murosasiz bo‘lamiz. Shu bois tadbirkorlarimiz o‘zlari ham bosh bo‘lib, bunday ‘nopok‘ ishbilarmonlar saflarida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasa, o‘ylaymanki, “xufiyona iqtisodiyot” ulushini karra-karra qisqartiramiz", - dedi davlat rahbari.

 

Kelgusi yillar uchun belgilab olgan reja va dasturlarni amalga oshirish oson bo‘lmasligi, lekin hayot sinovlarida toblangan, so‘zida ham, ishida ham qatʼiy, mard va tashabbuskor tadbirkorlar bor ekan, ko‘zlangan marralarga albatta erishilishiga ishonch bildirildi.

 

Ayni paytda davlat rahbari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ularning fikr va takliflarini tinglamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика