"Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" formatidagi davlat rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 19 iyul kuni musulmonlar uchun muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib, Umra (kichik Haj) ziyoratini amalga oshirdi.
Prezident matbuot xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, Emomali Rahmon ehrom kiyib, Allohning uyiga kirib, Kaʼbatulloh ichida 2 rakaat nafl namozini o‘qigan. Shundan so‘ng, u Safo va Marvo tepaliklariga chiqib, Zamzam qudug‘idan suv ichgan.
Ta'kidlanishicha, bu Emomali Rahmonning Saudiya Arabistoniga rasmiy va amaliy tashriflarini oltinchisi bo'lsa, beshinchi marta Makkani ziyorat qilmoqda.