1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tojikiston va afg‘onistonlik narkokuryerlar keltirib bergan moddalar to‘xtatib qolindi

DXX Surxondaryoda tezkor tadbirlar o‘tkazdi.

Tojikiston va afg‘onistonlik narkokuryerlar keltirib bergan moddalar to‘xtatib qolindi

 

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

 

Termiz tumanida harakatlanayotgan “Matiz” rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Samarqand shahrida tug‘ilgan, Termiz shahrida vaqtincha istiqomat qiluvchi, muqaddam sudlangan fuqaroning yonida 4 kg 827 gr “opiy” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, ushbu giyohvandlik vositasi muqaddam afg‘onistonlik narkokuryerlar tomonidan kontrabanda yo‘li bilan keltirib berilganligi maʼlum bo‘ldi.

 

Boshqa holatda esa Sariosiyo tumanida yashovchi aka-uka 3 kg 627 gr “opiy” va 919 gr “gashish” moddalarini 30 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ushlandi. Aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik vositalari muqaddam tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan kontrabanda yo‘li bilan Sariosiyo tumaniga keltirib berilgan.

 

Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика