1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tojikistonda Amir Temur hayoti haqida o‘zbek tilida bitilgan eski qo‘lyozma topildi

Bu haqida Tojikiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Badriddin Maqsudov maʼlum qildi.

Tojikistonda Amir Temur hayoti haqida o‘zbek tilida bitilgan eski qo‘lyozma topildi

Olimning aytishicha, “Manoqibi Amir Temur Sohibqiron” deb nomlangan bu kitob Amir Temur haqida yozilgan va shu paytga qadar yetib kelgan turkiy qo‘lyozmalarning hozircha eng qadimiysi bo‘lishi mumkin. Maʼlumki, Amir Temur haqida ayni paytga qadar o‘nlab, ilmiy, tarixiy va badiiy asarlar yaratilgan. Ular qatorida Amir Temurning o‘ziga nisbat beriladigan “Temur tuzuklari”, Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqandga — Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi" singari o‘nlab asarlarni qayd etib o‘tish mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика