1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tojikistonda ayrim videoo‘yinlar taqiqlandi

Ushbu talab o‘yin klublari egalariga tegishli.

Tojikistonda ayrim videoo‘yinlar taqiqlandi

Dushanbe politsiyasi GTA va Counter Strike video o‘yinlari taqiqlanishi haqida ogohlantirdi.

 

Tojikiston Madaniyat vazirligi ekspertizasi shuni ko‘rsatdiki, ushbu o‘yinlarda “zo‘ravonlik, qotillik va talonchilik elementlari” mavjud bo‘lib, “axloqsiz va zo‘ravonlik xususiyatiga ega” video roliklar va o‘yinlarni tarqatish qatʼiyan taqiqlangan", deyiladi politsiya bayonotida.

 

Talab o‘yin klublari egalariga tegishli bo‘lib, shuningdek, ota-onalarga ham farzandlariga eʼtibor qaratish tavsiya etildi. Chunki o‘smirlar salbiy taʼsirga uchraydi va jinoyat sodir etishi mumkin. Shu bilan birga, Dushanbe politsiyasi reyd va tekshiruv tadbirlari bilan tahdid qildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика