Tojikiston hududida yog‘gan kuchli yomg‘irlar mamlakat shimolidagi So‘g‘d viloyati tumanlarida sel oqimini keltirib chiqardi va mamlakat sharqida Lyaxsh viloyati hududidagi daryoda suv sathining ko‘tarilishiga olib keldi.
Yoʻllar, inshootlar va turar-joy binolarini suv bosib, qisman vayron bo'lgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, sel oqimi 63 ta xonadon, 7 ta turar-joy binolari, 56 ta yordamchi obyektlar va tomorqa yerlariga zarar yetkazgan.
Ayni paytda ushbu hududdagi avtomagistral yopiq, transport vositalari harakati taqiqlangan. Hozirda qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.


