Tojikistonda mikroavtobusning jarlikka qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, uch nafar bola jarohat olib kasalxonaga yotqizildi.
YTH Dushanbe-Xo‘jand-Chanoq avtomobil yo‘lining 154-kilometrida sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan, shundan so‘ng, mikroavtobus 200 metr balandlikdan pastga qulagan.


