
"Bugun o‘zbek va jahon sporti afsonasi, gimnast Oksana Chusovitina sportdagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Barchamiz sevimli sportchimizning Tokio Olimpiadasidagi ishtirokini hayajon bilan kuzatdik. U finalga chiqa olmagan bo‘lsa-da, biz uchun nomi Olimpiada o‘yinlari tarixida umrbod qoladigan g‘olibdir.
Oksana Chusovitina bizning hamyurtimiz ekanidan faxrlanamiz. U yosh sportchilarimiz, umuman, yoshlarimiz o‘rnak olishi, tenglashishi lozim bo‘lgan qahramondir.
Oksanaga hayotining yangi pog‘onasida omad tilab qolaman".


