
Unga ozarbayjonlik Xuseyn Raximli raqiblik qildi. “Oltin ochkolar”ga qadar davom etgan kurashda vakilimiz ippon bahosi bilan imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Maʼlumot o‘rnida: Tokio-2021 Paralipiya o‘yinlaridagi medallarimiz soni 11 taga yetdi: 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hamyurtlarimiz Feruz Saidov para dzyudo hamda Mohigul Hamdamova disk uloqtirish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritib, Paralimpiya chempioni bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Maqsadjon Obidjonov tayyorladi.


