1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tokio va Vashington Shimoliy Koreyaga "ogohlantiruvchi signal" yubordi

Yaponiya va AQSH harbiylari qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazdi.

Tokio va Vashington Shimoliy Koreyaga "ogohlantiruvchi signal" yubordi

 

Yaponiya mudofaa kuchlari va AQSH harbiylari Yapon dengizida qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda Yaponiya mudofaa kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi maʼlumot berdi.

 

Tokio tomonidan mashg‘ulotlarga 4 dona F-15, Vashington tomonidan esa 4 dona F-16 qiruvchi samolyotlari qatnashgan. Undan ko‘zlangan maqsad "tahdidlarga darhol munosabat bildirish imkoniyatini tasdiqlash va yapon-amerika alyansini mustahkamlash" bo‘lgan.

 

Kyodo agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, ikki davlat ushbu mashqlar orqali KXDRga "ogohlantiruvchi signal" jo‘natgan. Pxenyan 25 may kuni ballistik raketa sinovlarini amalga oshirgan edi.

 

Avvalroq AQSH qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari Mark Milli buyuk davlatlar o‘rtasida urush xavfi qaytganini maʼlum qilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика