Yaponiya poytaxti Tokioda havo harorati 27,5 darajaga yetdi. Bu 1923 yildan beri qayd etilgan eng yuqori rekord ko‘rsatkichdir.
Mamlakatning aksariyat hududlarida issiq ob-havo davom etmoqda. Tokioga qo‘shni Kanagava va Chiba prefekturalarida havo harorati 28,1 darajaga yetdi. Kofuda - 28,4 daraja issiq.
10- noyabrdan boshlab Tokioda havo harorati pasayib, bir haftadan so‘ng o‘rtacha kuzgi meʼyorga yetishi kutilmoqda. Hozirgi yuqori harorat noyabr oyi uchun xos emas.


