
“Tolibon” harakati jangarilari Afg‘onistonning turli viloyatlarida 169ta tumanni egalladi. Bu haqda harakat vakili Zabihulla Mujohid maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar oxirgi ikki oy ichida 400ta tumandan 167tasini egallagan va o‘tgan tunda Hirot va Zabul viloyatlaridagi yana ikki tuman ularning nazoratiga o‘tgan.
"Mujohidlarimiz egallagan tumanlar soni 169taga yetdi", – dedi Mujohid.
Toliblarning taʼkidlashicha, ular mamlakat hududining 85 foizi ustidan nazorat o‘rnatgan.
O‘z navbatida, Afg‘oniston mudofaa vazirligining sobiq vakili general Davlat Vaziriy buni rad etdi.


