1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Tolibon” Afg‘onistonning yangi hukumatini tuzdi. U inklyuziv emas

"Tolibon" 7-sentabr kuni yangi hukumati tarkibini e’lon qildi.

“Tolibon” Afg‘onistonning yangi hukumatini tuzdi. U inklyuziv emas

Afg‘oniston oliy yetakchisi etib Haybatullo Ohunzoda tayinlangan.

 

Hukumatda quyidagilar o‘rin olgan:

 

Bosh vazir–Muhammad Hasan Ohun;

Bosh vazir birinchi o‘rinbosari–Mulla Abdulg‘ani Barodar;

Bosh vazir o‘rinbosari–Abdusalom Xanafiy;

TIV rahbari–Amirxon Mutaqqiy;

Mudofaa vaziri–Mulla Yoqub;

Ichki ishlar vaziri–Sirojiddin Haqqoniy;

Madaniyat va axborot vaziri Zabihullo Mujohid;

Aloqa vaziri–Mulla Abdulhaq Vosiq;

Moliya vaziri– Mulla Badriy;

Ta’lim vaziri–Shayx Mavlaviy Nurulla Munir;

Markaziy Bank raisi–Muhammad Idris;

Chegara va qabilalar masalasi vaziri–Nurullo Nuriy;

Tabiiy resurslar vaziri–Mulla Muhammad Iso Oxun;

Suv va elektr ta’minoti masalalari bo‘yicha vazir–Mulla Abdul Latif Mansur;

Jamoat ishlari vaziri–Mulla Abdulmannon Umariy;

Qishloq xo‘jaligi vaziri–Muhammad Yunus Oxunzoda;

Haj va vaqf masalalari vaziri–Shayx Mavlavi Nur Muhammad Sohib;

Migrasiya masalalari vaziri–Hoji Halil ar-Rahmon Haqqoniy.

 

Hukumat a’zolarining barchasi "Tolibon" vakillaridan iborat. Bundan avval toliblar hukumat inklyuziv bo‘lishiga va’da bergandi. Ammo unday bo‘lmadi. Yakunda ularning barchasi harakat a’zolaridan tuzildi.

 

Bosh vazir Muhammad Hasan Ohund Qandahorda tug‘ilgan. o‘tmishda "Tolibon" qurolli kuchlari qo‘mondonlaridan biri bo‘lgan. Shu bilan birga harakat rasmiy vakili Zabihullo Mujohid ushbu hukumat vaqtinchalik ekanini ma’lum qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu Afg‘oniston yangi hukumat inklyuziv bo‘lishi kerakligini aytgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика