1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Tolibon" ayollarga yana cheklov qo‘ydi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bundan xavotirdaligini bildirdi.

"Tolibon" ayollarga yana cheklov qo‘ydi

 

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Afg‘onistonda ayollarning nohukumat tashkilotlarda ishlashi taqiqlanganidan xavotir bildirdi. Bu haqda xalqaro tashkilot vakili Stefana Dyujarrik bayonotida maʼlum qilindi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.

 

«Ushbu qaror ayollar va qizlarga yordam beradigan ko‘plab tashkilotlar faoliyatiga zarar yetkazadi. Odamlar hayotini saqlab qolish uchun afg‘on ayollariga xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishni taqiqlash afg‘on xalqiga ko‘proq azob-uqubatlar keltiradi», — dedi S.Dyujarrik.

 

Eslatib o‘tamiz, "Tolibon" hokimiyatga kelganidan keyin afg‘on ayollariga nisbatan taqiq kuchaygan: endi afg‘on ayollari bog‘da sayr qila olmaydi, universitetlarda o‘qiy olmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика