1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tolibon Eronga urush eʼlon qildi — OAV

Chegarada qurbon bo‘lganlar bor.

Tolibon Eronga urush eʼlon qildi — OAV

 

Mahalliy OAVning yozishicha, Tolibon Eronga urush eʼlon qilib, Eron chegara postini egallab olgan.

 

“Biz Eron bilan Amerikadan ko‘ra ko‘proq g‘ayrat bilan kurashamiz. Rahbarlarimiz jihodga ruxsat bersa, biz tez orada Eronni zabt etamiz”, — deydi Tolibon vakillari.

 

Shuningdek, Tolibon Eron provokatsiyalarini to‘xtatmasa, bir necha kun ichida Tehronni qo‘lga kiritishga vaʼda bermoqda.

 

Mojaroning sababi sifatida ikki davlat chegarasidagi bahsli hudud, yaʼni suv havzalari joylashgan hudud bo‘yicha yuzaga kelgan muammo ko‘rsatilmoqda. Har ikki tomon bir-birini mojaroni kuchaytirishda aybladi.

 

Afg‘onistonda toliblar ikki davlat harbiylari halok bo‘lganini, qurbonlar ham borligini, ularning soni aniq emasligini aytishdi.

 

Eronning maʼlum qilishicha, ikki chegarachi halok bo‘lgan, mahalliy matbuot esa uch nafar qurbon bo‘lganini qayd etmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика