1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Tolibon” harakati Afg‘onistonda alohida taʼlimni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi

Bu haqda «Al Arabiya» telekanaliga tayanib “TASS” xabar berdi.

“Tolibon” harakati Afg‘onistonda alohida taʼlimni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi

Unga ko‘ra, o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida sinflar yaratiladi. Taʼkidlanishicha, qizlarning taʼlim jarayonlarida ishtirok etishiga hech qanday taqiq qo‘yilmagan. Bundan tashqari, harakat ayollarni bo‘lajak hukumat ishida ishtirok etishga taklif qilgan. Oldinroq “Tolibon” harakati ayollarning huquqlarini hurmat qilishi, ularga o‘qish va ishlashga ruxsat berishini taʼkidlagan.

1996–2001 yillarda “Tolibon” harakati Afg‘onistonni nazorat qilgan davrda, qizlar taʼlim olishda jiddiy kamsitishga duch kelgan va ularning ko‘pchiligi maktabga bormagan. Human Rights Watch tashkilotining maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi savodxonlik darajasi qizlar orasida 37 foizni, o‘g‘il bolalarda esa 66 foizni tashkil etadi.

Avvalroq Afg‘onistonda “Tolibon” harakati egallagan hududlardagi vaziyat to‘g‘risida maʼlumot berilgandi. Shuningdek, “Tolibon” harakati Afg‘onistonda Islom amirligi tashkil etilganini eʼlon qilmoqchiligi aytilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика