1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Tolibon" O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Abdulg‘affor Tiraviy tez orada Toshkentda o‘z vazifasiga kirishishi kutilmoqda.

"Tolibon" O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi siyosiy departamenti direktori Zokir Jaloliyning aytishicha, Abdulg‘affor Tiraviy Islom Amirligining O‘zbekistondagi elchisi sifatida tanishtirilgan. 

 

Qo‘shimcha qilinishicha, bu borada ikki tomon ham kelishib olgan va yangi tayinlangan elchi tez orada Toshkentda o‘z vazifasini boshlashi kutilmoqda.

 

U, shuningdek, ayrim davlatlar bilan diplomatik munosabatlar darajasini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganini taʼkidladi.

 

Jaloliyga ko‘ra, "o‘tgan uch yil ichida Islom Amirligi o‘zini barqaror va kuchli rejim sifatida isbotladi va kun sayin mintaqa va dunyo bu haqiqatni anglab yetmoqda".

 

Avvalroq Badruddin Haqqoniy Afg‘onistonning BAAdagi elchisi, Muhammad ul-Rahmon esa Qozog‘iston elchixonasining vaqtinchalik ishlar vakili etib qabul qilingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика