1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Tomorqa egalarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga subsidiya beriladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Tomorqa egalarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga subsidiya beriladi

 

30-avgust kuni “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-noyabrdan tomorqa yer uchastkalari egalarini kooperasiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan:

-parranda (tovuq, bedana, o‘rdak, g‘oz, kurka), parrandani saqlash uchun katak, ozuqa yemi hamda dori vositalari;
-uzum ko‘chati va tok so‘risi;
-asalari oilasi, asalari uyasi uchun quti hamda ozuqa yemi;
-quyon, quyon katagi va ozuqa yemi;
-baliq chavoqlari, sun’iy hovuz va ozuqa yemini xarid qilish hamda keyinchalik tomorqa yer egalariga taqdim etish uchun subsidiya ajratiladi.

 

Bunda, mazkur subsidiya 1 nafar tomorqa yer uchastkasi egasi uchun BHMning 20 baravarigacha (6 mln so‘mgacha) miqdorda hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan ajratiladi.

 

2023-yil 1-yanvardan quyidagilarga ruxsat etiladi:

-YATTga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforasiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)ni, shu jumladan yuridik shaxslar uchun ham bajarishga;
-qurilish-pudrat tashkilotlariga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma asosida YATTni jalb qilishga.

 

Bunda YATT umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun 5 nafargacha xodimni yollashi mumkin. Umumiy qurilish ishlarini bajarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hamda kamida 3 nafar xodimni yollagan YATTga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnat qurollari va asbob-uskunalarni sotib olishga subsidiya (bitta xodim uchun BHMning 15 baravarigacha – 4,5 mln so‘mgacha miqdorda) ajratiladi. 

 

Qarorga ko‘ra, “Yoshlar daftari” platformasida “Bitiruvchilar bandligi” funksionali joriy qilinadi va bu orqali umumiy o‘rta, professional hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining 3  yil davomidagi bandlik holati monitoring qilinadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика