1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

To‘qayev Qozog‘istonga kirib kelgan rossiyaliklar bo‘yicha Moskva bilan muzokara o‘tkazmoqchi

Prezident bu masalani siyosiy va gumanitar ahamiyatga egaligini taʼkidlagan.

To‘qayev Qozog‘istonga kirib kelgan rossiyaliklar bo‘yicha Moskva bilan muzokara o‘tkazmoqchi

 

Ostona Qozog‘istonga rossiyaliklar kirib kelishi ko‘payishi masalasida Moskva bilan muzokara o‘tkazadi. Bu haqda Qosim-Jo‘mart To‘qayev maʼlum qildi.

 

“So‘nggi kunlarda bizga Rossiyadan ko‘plab odamlar kirib kelmoqda. Ularning katta qismi murakkab vaziyat tufayli ketishga majbur bo‘lgan. biz ular haqida qayg‘urishimiz va xavfsizlikni taʼminlashimiz kerak. Bu siyosiy va gumanitar masala. Men hukumatga zarur choralarni ko‘rishga topshiriq berdim”, – degan u.

 

To‘qayev Rossiya tomoni bilan ushbu masalada muloqot qilishini va milliy manfaatlar doirasida muammoni hal qilishini aytgan.

 

Rossiyada 21 sentyabr kuni qisman harbiy safarbarlik eʼlon qilingach, mamlakatdan chiqib ketish istagida bo‘lganlar soni keskin ko‘paydi. Ular asosan Qozog‘iston, Turkiya, Gruziya va O‘zbekiston yo‘nalishlarini tanlamoqda.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика