Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev prezidentlik muddati yakunlanguncha barchsa orden va mukofotlardan voz kechdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.
Bu tartib ham Qozog‘iston, ham xorijiy davlatlar ordenlariga taalluqli. Bundan oldin Rossiya tomoni To‘qayevni “Aleksandr Nevskiy” ordeni bilan mukofotlashni taklif qilgani, ammo u minnatdorchilik bildirib, mukofotdan voz kechgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.
Bundan tashqari, Qozog‘iston yetakchisi Qirg‘izistonning “Manas” ordenini olishdan bosh tortgan.
Avvalroq To‘qayev yangi Qozog‘iston tushunchasiga izoh bergandi.


