Yangi yil munosabati bilan 28 dekabrdan 5 yanvargacha Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga ("Chorvoq" erkin turistik zonasiga) grafik asosida harakatlanuvchi mavsumiy avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Qatnovlar "Uzautotrans service" korxonasi tomonidan Yutong avtobuslarida 2024-yilning 28 dekabridan 2025-yilning 5 yanvar kuniga qadar amalga oshiriladi.
Avtobuslar "Mashinasozlar" metro bekatidan soat 9:00 va 16:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan (Humson) esa 12:00 va 18:00 harakatlanadi. Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 20 000 so‘m etib belgilangan.


