1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Toshkent – Hojikent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilinadi

Bunga yo‘nalishda navbatdagi kapital taʼmirlash ishlari sabab bo‘lgan.

“Toshkent – Hojikent” yo‘nalishidagi  yo‘lovchi poyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilinadi

 

Transport vazirligi Axborot xizmati maʼlum qilishicha, yo‘nalishidagi  yo‘lovchi poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Manbaga ko‘ra, 2022-yil 26-may kuni “Toshkent MTU” UK yo‘lsozlari tomonidan “Toshkent – Hojikent” yo‘nalishidagi temir yo‘l kapital taʼmirlanadi. 

 

Shu bois, poyezdlar harakat xavfsizligi hamda yo‘lovchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida, shu kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar “Toshkent – Hojikent – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan 6430 hamda 6435-sonli shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar qatnovi bekor qilinadi.

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика