16-avgust sanasidan “Toshkent-Markaziy” vokzali o‘z faoliyatini boshlaydi. Toshkent-Markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yo‘nalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent-Markaziy vokzalidan davom ettirish mumkin.
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va “Toshkent — Volgograd — Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezdlar avvalgidek Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadi.
Hozirda Toshkent-Markaziy vokzali va To‘qimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar 16 avgust sanasidan boshlab Toshkent-Janubiy vokzalidan harakatlanadi.


