Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston faunasida mavjud bo‘lmagan qushlarni yashirin olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi.
Jumladan, Vyetnamning Kamran shahridan uchib kelgan yo‘lovchilardan birining bagaji belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida maʼlum qilinmagan, tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan 12 bosh qushlar borligi aniqlandi.
Meva qutisi orasiga yashirilgan, saqlash va tashish qoidalariga rioya qilinmagan tarzda olib kelingan sariq va oq bo‘yinli butaqushlarning hozirgi holatini mutaxassislar salbiy baholashmoqda. Jumladan qushlardan 3 boshi allaqachon nobud bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruvlar davom ettirilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qushlarning umumiy qiymati taxminan 60 mln so‘mdan oshmoqda.


