1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent aeroportida shirinliklar orasiga yashirilgan qimmatbaho zargarlik buyumlari aniqlandi

Dubaydan kelgan fuqaro qariyb 500 mln so‘mlik tilla buyumlarni bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Toshkent aeroportida shirinliklar orasiga yashirilgan qimmatbaho zargarlik buyumlari aniqlandi

 

Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari tomonidan yirik miqdordagi noqonuniy olib kirilayotgan zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi. Dubaydan uchib kelgan va “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan fuqaroning shubhali xatti-harakatlari e’tiborni tortdi.

 

Tekshiruv jarayonida fuqaro o‘ziga tegishli qo‘l va yo‘l sumkalari orasiga, shuningdek, shirinliklar qadoqlariga tilla zargarlik buyumlarini yashirgani aniqlandi. U buyumlarni ustamonlik bilan niqoblashga uringan bo‘lsa-da, bojxona nazoratidan chetda qola olmadi.

 

Shaxsiy ko‘rik va yuklarni ko‘zdan kechirish natijasida umumiy og‘irligi 292 gramm bo‘lgan, qiymati 438 million so‘mga teng zargarlik buyumlari borligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика