Toshkent xalqaro aeroportida pnevmatik qurol olib o‘tmoqchi bo‘lgan xorijlik aniqlandi.
Qayd etilishicha, kecha, 21-avgust kuni soat 21:05 larda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan Sankt-Peterburg-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan xorij fuqarosiga tegishli bo‘lgan 1 dona qora rangli yo‘l sumkasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Natijada yuklar ichidan bojxona nazorati uchun belgilangan tartibda taqdim etilmagan va ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz bo‘lgan 1 dona pnevmatik qurol va 1 dona pnevmatik quroldan otish uchun mo‘ljallangan 290 dona shariklar (zoldor) borligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlangan.


