1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha 4-o‘ringa chiqdi

Reytingda 1-o‘rinni Bangladeshning Dakka shahri egallagan.

Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha 4-o‘ringa chiqdi

 

Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 22-dekabr 9:36 da dunyoning yirik shaharlari orasida 4-o‘ringa chiqdi.

 

Qayd etilishicha, soat 09:00 atrofida Toshkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 262 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “juda zararli” tasnifdagi ko‘rsatkich hisoblanadi.

 

Reytingda 1-o‘rinni Bangladeshning Dakka shahri egallagan — PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 349 mkg/m3. Hindistonning Dehli shahri 2-pog‘onada — 336 mkg/m3. Uchlikka Pokistonning Lahor shahri yakun yasadi — 266 mkg/m3.

 

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi joylashgan Yunusobod tumanida havodagi dispers zarralarning konsentratsiyasi 335 mkg/m3 ga chiqqanini ko‘rish mumkin — bu “xavfli” toifa hisoblanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика