Toshkent shahri рavosi sifat darajasi soat 08:00 holatiga biroz yomonlashgan, deya xabar berdi Uzb Meteo.
“Poytaxt hokimligi, Ekologiya vazirligi va O‘zgidromet bilan hamkorlikda yaratilgan yuqoridagi portal maʼlumotlari ham buni tasdiqlaydi. Poytaxtning janubi-g‘arbida havoda mayda dispers zarrachalar bilan bog‘liq ifloslanish “zararli” tasnifga ega.
Kuzning so‘nggi oylari va qish mavsumida endi biz bu kabi havo ifloslanish hodisalari bilan tez—tez to‘qnash kelaveramiz”, deyiladi xabarda.


