1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilardan imkon qadar tezroq harakatlanishni so‘radi

Metropoliten maʼmuriyati Toshkent shahri aholisiga va mehmonlariga murojaat qildi.

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilardan imkon qadar tezroq harakatlanishni so‘radi

Toshkent metropoliteni maʼmuriyati yo‘lovchilardan metrodan foydalanish qoidalariga amal qilishni so‘radi.

 

“Harakatlanish vaqtida o‘zaro hurmatni saqlash, poyezd ichidagi yo‘lovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turmaslik, manzilga kelgach poyezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanmaslik, shaxsiy buyumlarni vagon va metro hududida qoldirmaslik talab etiladi”, deyiladi murojaatda.

 

Qayd qilinishicha, bularning barchasi oraliq intervallarining reja asosida amalga oshirilishini taʼminlashga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

 

Maʼmuriyatning taʼkidlashicha, 2024 yil yakunigacha 48 ta va 2025 yil davomida yana qo‘shimcha 56 dona zamonaviy metro vagonini harid qilish ko‘zda tutilgan. Yangi vagonlar Chilonzor, O‘zbekiston, Yunusobod va Yer usti halqa yo‘nalishida harakatlanadi va buning hisobiga oraliq interval kamaytiriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика