1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Toshkent metropolitenida o‘zini poyezd tagiga tashlagan erkak vafot etdi

Voqea kecha, 24 fevral kuni soat 21:15 larda Toshkent metropolitenining Mirzo Ulug‘bek bekatida sodir bo‘lgan.

Toshkent metropolitenida o‘zini poyezd tagiga tashlagan erkak vafot etdi

Nomaʼlum erkak o‘zini poyezd tagiga tashlagani sababli “Chilonzor” yo‘nalishining bir tomonlama qismi vaqtincha harakatdan to‘xtagan.

 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning maʼlum qilishicha, Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida yashagan 1984 yilda tug‘ilgan E.Sh. harakatlanib ketayotgan elektropoyezdning tagiga o‘zini tashlab, olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика