1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent metrosida yana nosozlik kuzatildi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Toshkent metrosida yana nosozlik kuzatildi

Qayd etilishicha, 24-may sanasi soat 17:50 lar atrofida "Abdulla Qodiriy" bekatiga kirib kelgan 63-sonli harakat tarkibining vagon eshiklaridan biri ochilmagan. Shundan so‘ng, harakat tarkibi “Bodomzor” bekatiga yetib kelganida, mashinist tomonidan tekshirilganda, vagon eshigining ariqchasiga uning ochilishiga to‘sqinlik qiluvchi kichik buyum tiqilib qolgani aniqlangan.

 

Ushbu buyum eshik yo‘lagidan olib tashlangan va yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilgan. Hozirgi vaqtda ushbu harakat tarkibi soz holatda harakatlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика