Toshkent metropoliten axborot xizmati bergan ma'lumotga ko‘ra, 27-oktyabr kuni poyezdlar harakatini 5:00 dan boshlaydi, doimiy jadvalda ishini davom ettiradi. 27-oktyabr butun republikada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlashlariga deputatlik saylovi bo‘lib o‘tadi.
Shu sabab Toshkent metropoliteni ish faoliyatini 5:00dan boshlashini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, bu kunda yo‘nalishlarda poyezdlar harakati ish kunlari uchun tasdiqlangan doimiy jadval asosida tashkillashtiriladi.


