1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Toshkent Pedagogiga instituti talabasiga “zamdekan” tegajog‘lik qilgani rostmi?

Talaba qiz qanday qilib derazadan tushib ketdi?

Toshkent Pedagogiga instituti talabasiga “zamdekan” tegajog‘lik qilgani rostmi?

Nemolchi.uz loyihasiga Nizomi nomidagi Pedagogika davlat universiteti 3-kurs talabasi Kamilova Mushtari-bonu murojaat qildi. Joriy yilning 18 oktyabr kuni u Zulfiya mukofotiga tavsiyanoma olish maqsadida yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Yuldashev Bog‘abek xonasiga kiradi. B.Yuldashev kutib turishini so‘raydi. Qizning aytishicha, xonadan hamma chiqib ketgach, dekan o‘rinbosari charchaganligini aytib, unga qahva damlab berishni so‘raydi. Qiz qahva damlash uchun chog‘langanda erkak eshikni ichkaridan qulflab, chiroqni o‘chiradi. Mushtariy nimanidir sezganday yaqin do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib, tezroq yetib kelishni so‘raydi. Xonadan chiqay desa, erkak uni ushlab olib, xonasidagi divanga yotqizmoqchi bo‘ladi.

Qiz qarshilik qiladi. Eshikning u tarafida esa qizning do‘sti kelib, eshikni ochishni so‘raydi. Mushtariy amallab oyna oldiga kelib, yordamga chaqiradi. Shunda qizning aytishicha, erkak uni derazadan itara boshlaydi. U qanchalik qarshilik ko‘rsatmasin kuchi yetmay, oynadan pastga tushib ketadi. Dekan muovini esa derazani yopib, jalyuzini tushiradi va eshikni ochadi. Qizning do‘sti Bog‘abekni olib, pastga tushadi. Atrofda yig‘ilganlarga Bog‘abek qiz oynadan o‘zi sakragani va uni o‘zi shifoxonaga olib borishini aytadi.

Mushtariyni mashina orqa o‘rindig‘iga yotqizishadi, do‘sti haydovchi oldidagi o‘rindiqqa o‘tiradi. Yo‘lda Bog‘abek qizning onasiga qo‘ng‘iroq qilib, qiz oynadan tushib ketgani va uni shifoxonaga olib borishayotganini aytadi. Svetoforning qizil chirog‘ida qizning do‘sti orqa o‘rindiqqa o‘tguncha Bog‘abek qizga oyna artayotib o‘zi tushganini aytishini tayinlaydi. Shu payt yigit orqa o‘rindiqqa o‘tib, nima bo‘lganini so‘raydi. Qiz unga sekin uni itarishganini bildiradi.

Shifoxonada Mushtariyga tos suyagi sinishi, tananing turli qisimlarida ko‘karish va  va bosh  miyasi chayqalishi tashxisi qo‘yildi. Tibbiy  ekspertiza tayinlangan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика