1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent, Samarqand va Sirdaryoda advokatlar pora bilan qo‘lga tushdi

Advokatlar sud organlaridagi tanishlari orqali yordam va’da qilgan.

Toshkent, Samarqand va Sirdaryoda advokatlar pora bilan qo‘lga tushdi

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Prokuratura organlari tomonidan Toshkent, Samarqand va Guliston shaharlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida uch nafar advokatning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Xususan, DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda poytaxtda faoliyat yurituvchi, muqaddam sudlangan advokat 5 ming AQSh dollari miqdorida noqonuniy pul olayotgan vaqtida ushlandi. Aniqlanishicha, u Mirobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limida Jinoyat kodeksining 131 va 135-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchidan sud tizimidagi tanishlari orqali 135-moddani olib tashlash va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishiga ko‘maklashish evaziga jami 10 ming AQSh dollari talab qilgan.

 

Samarqand shahrida qayd etilgan holatda esa mahalliy advokatlik firmasining advokati Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan va jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqilayotgan ish bo‘yicha ayblanuvchiga nisbatan sud organlaridagi tanishlari orqali yengilroq jazo tayinlanishiga yordam berish evaziga 4 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ushlandi.

 

Shu kabi qonunbuzarlik Sirdaryo viloyatida ham aniqlanib, Guliston shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati Oqoltin tumanidagi MCHJ rahbaridan 450 million so‘mlik dori vositalarini olib, to‘lovni amalga oshirmagan shaxslarga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar orqali jinoyat ishi qo‘zg‘atishga ko‘maklashish evaziga 1 500 AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Hozirda mazkur uch nafar advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика