1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkent shahar IIBB Jahongir Otajonov ustidan sudga murojaat qildi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jahongir Otajonov ustidan Shayxontohur tumani sudiga murojaat qildi. Bu haqda boshqarma axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar IIBB Jahongir Otajonov ustidan sudga murojaat qildi

 

 

Xabarga ko‘ra, Jahongir Otajanov Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlarini haqorat qilgan videomurojaatini joylashtirib, xodimlarning shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan taxqirlagan. Uning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, u yuqoridagi videomurojaatida aytib o‘tgan haqoratli gaplarni jahl ustida aytganini, Respublika hukumati va ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan hech qanday shaxsiy adovati yo‘qligini taʼkidlab, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

Qayd etilishicha, uning qilmishida Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (Haqorat qilish)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli to‘plangan hujjatlar 23 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика