Hafta oxirida ko‘rsatkichlar yana-da yaxshilanishi kutilmoqda. Bu haqda IQAir portali xabar bermoqda.
17 oktabr kuni "O‘zgidromet" havosining ifloslanishi bo‘yicha Toshkent shahri dunyoda birinchi o‘ringa chiqqanini maʼlum qilgandi.
Qayd etilishicha, PM-2,5 indeksi 19,3 mkg / m³ ga yetgan. Toshkentdagi PM2.5 konsentratsiyasi hozirda JSST havo sifati bo‘yicha yillik yo‘riqnoma qiymatidan 3,8 baravar yuqori hisoblanadi.
Shuningdek, haftaning qolgan kunlarida yomg‘irli ob-havo bo‘lishiga qaramasdan havoning ifloslanish darajasi oshib borishi taxmin qilingan.
Qayd etilishicha, atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog‘liq muammolar qazib olinadigan yoqilg‘idan ortiqcha foydalanish, sifatsiz yoqilg‘idan foydalanish, shuningdek, ko‘p miqdorda yoqilg‘i yoqish kabi noto‘g‘ri ekologik usullarni qo‘llash natijasida yuzaga keladi.


