1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent shahrida yangi yil archalari qayerlarga o‘rnatiladi?

Poytaxt hududlarida 25-dekabrdan 5-yanvarga qadar bolalar va kattalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Toshkent shahrida yangi yil archalari qayerlarga o‘rnatiladi?

 

Yangi yil arafasida va undan keyin poytaxtning har bir tumanidagi maydon hamda bog‘larda archalar o‘rnatiladi. 25-dekabrdan 5-yanvargacha bu yerda bolalar va kattalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

 

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi Toshkent aholisi va mehmonlarini bayram sayillariga taklif qiladi. Archa o‘rnatilgan manzillar quyidagicha:

 

Yunusobod tumani:

• shaharning bosh archasi — Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi oldidagi maydon

Shayxontohur tumani:

• “Navro‘z” bog‘i, “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘i yonida

• Tashkent city bog‘i

Mirzo Ulug‘bek tumani:

• Central Park (sobiq Telman) bog‘i

• «Yangi O‘zbekiston» bog‘i

• “Lokomotiv” bog‘i

Chilonzor tumani:

• G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i

• “Humo Arena” muz saroyi oldidagi maydon

Mirobod tumani:

• Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i

Bektemir tumani:

• Food City savdo majmuasi oldidagi maydon

Sergeli tumani:

• «Markaziy xiyobon» bog‘i

Yangihayot tumani:

• Index savdo majmuasi.

Olmazor tumani:

• “Beruniy” metro bekati yaqinidagi maydon

Uchtepa tumani:

• «Seul eko” bog‘i

Yakkasaroy tumani:

• “NEXT” ko‘ngilochar-savdo markazi

Yashnobod tumani:

• Ashxobod bog‘i

• “Aviasozlar” saroyi oldidagi maydon.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика