Prezidentning "Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlash hamda sportchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasida "Sport shifokori" va "Sport diyetologiyasi (ovqatlanish ilmi)" bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari joriy etiladi.
Shuningdek, Toshkent farmatsevtika institutida "Eksperimental va sport farmakologiyasi" magistratura mutaxassisligi bo‘yicha amaldagi o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari ikki baravarga oshiriladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida tashkil etilgan tibbiyot fakultetini ("Davolash ishi" taʼlim yo‘nalishi) yana-da kengaytirish orqali uni Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filiali (keyingi o‘rinlarda – Filial) ga aylantiriladi.


