
O‘zbekistonda Toshkent–Urganch–Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.
Yo‘lovchilarga yana-da ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida 2021 yil 20–21 iyul kundan Toshkent–Urganch–Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 156/155-sonli yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu poyezdlar 20 iyuldan har haftaning seshanba va payshanba kunlari soat 20:13 da Toshkentdagi Janubiy vokzaldan, 21 iyuldan boshlab esa har haftaning chorshanba va juma kunlari soat 16:49 da Urganch vokzalidan doimiy ravishda qatnovni amalga oshiradi.
Qo‘shimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan olish mumkin.


