Bugundan E-1-sonli "TTZ ASHB-Mashinasozlar metrosi ASHB" yangi ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
Avtobus yo‘nalishi "TTZ ASHB" dan Yuzrabot, Gulsanam, Buyuk Ipak Yo‘li, Mirzo Ulug‘bek, Taraqqiyot 2-tor ko‘chalari orqali "Mashinasozlar metrosi ASHB"ga qadar harakatlanadi.
Avtobusning to‘xtash bekatlari:
TTZ bozori;
Buyuk Ipak Yo‘li metrosi:
Shifokorlar malakasini oshirish instituti:
Ashxobod bog‘i.
Mazkur yo‘nalish Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Ulug‘bek qo‘rg‘onidan hamda Toshkent viloyati Qibray tumani, Chirchiq shahri, Bo‘stonliq tumanidan shaharga kirib kelayotgan yo‘lovchilarni metropoliten yo‘nalishlari va shahar markazi bilan tezkor bog‘lash maqsadida tashkil etildi.


