15-iyul kuni Toshkent viloyati IIBB tezkor qidiruv xizmati tomonidan Toshkent tumani IIB va DXX hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda 2002 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining Tracker avtomashinasida vazni 1 kg 433 gr bo‘lgan “mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, 22 yoshli shaxs mazkur sintetik vositani bo‘laklarga bo‘lib, kontaktsiz manzil (“zakladka”) orqali sotishni rejalashtirgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


