1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida 10 gektar yer maydonini 24 mln dollarga sotmoqchi bo'lgan mansabdor ushlandi

U oldindan 1,5 mln dollar talab qilgan

Toshkent viloyatida 10 gektar yer maydonini 24 mln dollarga sotmoqchi bo'lgan mansabdor ushlandi

 

Davlat xavsizlik xizmatining xabr berishicha, Toshkent viloyati Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, boshqa bir fuqaroga Toshkent tumanida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 10 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 24 mln AQSH dollariga sotib olib berishini aytib, yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berish evaziga kelishilgan summadan 1,5 mln AQSH dollarini berishini talab qilgan.

 

Natijada u oldindan 200 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Shuningdek, shunga o'xshash boshqa holatda esa Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 1972-yilda tug'ilgan muqaddam sudlangan shaxs 2021-yilda Bo‘stonliq tumani hokimligi tomonidan mahalliy qurilish firmasiga investitsiya kiritish dasturi asosida ko‘p qavatli turar-joylar barpo etish uchun ajratilgan 4 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridorga olib berish evaziga 2,5 mln AQSH dollari talab qilib, so‘ralgan puldan 200 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика